Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha 154,7 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 25,6 % ini tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan 21,2 % ga kamaydi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (25,2 %), ip kalava (50,9 %) asosiy ulushni egallagan.