Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyatining xizmatlar eksporti hajmi 9,0 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 1,5 % ini tashkil etdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan 19,0 % ga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (37,2 %), moliyaviy xizmatlar (24,0 %), kompyuter va axborot (21,4 %) va safarlar (turizm) (17,4 %) telekommunikatsiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.