Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyatida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 104,9 % ni tashkil etgan va 8 247,5 ming so‘m miqdorida qayd etilgan. Shuningdek, Buvayda tumanida (107,7 %), Farg‘ona tumanida (106,5 %), Qo‘qon shaxrida (106,4 %), So‘x tumanida (106,2 %),Rishton tumanida (106,1 %), Beshariq tumanida (105,6 %), Quvasoy shaxrida (105,1 %) qayd etilib viloyat ko‘rsatkichidan ancha yuqori natija qayd etilmoqda.