08/10/2025

     Joriy yilning 6- oktabr kuni Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar uyida tadbirkor ayollar ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, xafta davomida qabul qilingan xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-177-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmonlarining mazmuni va ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Xususan, u o‘z so‘zida “Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xo‘jaligi quyi bo‘g‘inida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonda 2026-yil 1-yanvardan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan geologiya sohasida – yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, shu jumladan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududdan tashqariga chiqish, er munosabatlari sohasida – yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hamda ularda bino va inshootlar qurish, ekologiya sohasida – mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, shuningdek, noqonuniy yangi chiqindi zonalari vujudga kelishi holatlarni aniqlash maqsadida yiliga kamida 3 marta davlat kosmik monitoringi o‘tkazilishi haqida shu va boshqa ma’lumotlar haqida ma’ruza qildi. Shu bilan birga 2026- yil 15 yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi, tadbir ikki bosqichda o‘tishi, ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzilishi, ro‘yxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025-yil15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha bo‘lgan davrda jalb etish orqali o‘tkazilishi, bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishini ta’minlanishi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashi zarurligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.