Joriy yilning 8-yanvar kuni O‘zbekiston tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yoshlar yetakchilari ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminar xodimlarning ro‘yxatdan o‘tish platformasidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ma’lumotlarni kiritish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichlarini puxta egallashlariga yordam berish maqsadida tashkil etildi.






