Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan hamyurtlarimiz o‘rtasida tasodifiy tanlash ( random ) usuli orqali navbatdagi sovrindorlar aniqlandi. Ushbu jarayon aholining faolligini oshirish va yurtdoshlarimizning ro‘yxatga olish tadbiriga ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Navbatdagi sovrindorimiz - Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani Yangichek mahallasida istiqomat qiluvchi Sh. Tolibov ekanligi aniqlandi. So‘vrindorga atalgan qimmatbaho sovg‘a hamda tashakkurnoma tantanali ravishda topshirildi.




