Marg‘ilon shahridagi “Ariq bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini yettilik vakillari ham mahalla hududida yashovchi onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni faol ishtirokini ta’minlamoqda. Eslatib o‘tamiz: mahallada uy xo‘jaliklar soni 517 tani tashkil etadi, unda 779 ta oila mavjud bo‘lib, 3 200 aholi istiqomat qiladi. Ro‘yxatga olishda mahalla ahli faol ishtirok etganligini alohida e’tirof etish zarur.
Hurmatli mahalladoshlar! Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish faqat statistik ma’lumotlar to‘plash jarayoni emas. Ushbu jarayon har birimizning o‘z hududimiz rivoji uchun qo‘shadigan hissamizdir. Ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok eting va xonadoningizga tashrif buyuradigan registratorga to‘liq va to‘g‘ri ma’lumot taqdim qilishni unutmang.






