Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Mazkur jarayon orqali olingan ishonchli va to‘liq ma’lumotlar kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish, hududlarni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Margʻilon shahridagi “Navro‘z” va “Mustaqillik” MFYda mahalla yettiligi tomonidan birinchi bosqichda ro‘yxatdan o‘tmay qolgan fuqarolar xonadonma-xonadon yurib, maxsus planshetlar yordamida ro‘yxatga olinmoqda.
Bu kabi tashkiliy va zamonaviy yondashuvlar ro‘yxatga olish jarayonining qamrovini kengaytirish, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Zero, har bir fuqaroning faol ishtiroki mamlakatimiz kelajagini puxta rejalashtirishda muhim omil hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: “Navro‘z” mahallasida jami 1 842 ta uy xo‘jaliklari, 1 874 ta oila va 6 071 ta aholi hamda “Mustaqillik” mahalla fyqarolar yig‘inida jami uy ho‘jaliklarni soni 1 028 ta, oilalar soni 1 210 va 4 518 aholi istiqomat qiladi. Ro‘yxatga olishda mahalla ahli faol ishtirok etganligini alohida e’tirof etish zarur.







