Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri — mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishning eng muhim bosqichidir. Zero, har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma loyihalari, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan dasturlar aynan ishonchli statistik ma’lumotlarga tayanadi.
Shu maqsadda joylarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oltiariq tumani hududidagi “Jarqo‘rg‘on” hamda “Eski arab” MFYda mahalla yettiligi tomonidan birinchi bosqichda turli sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tolmagan fuqarolar xonadonma-xonadon yurib, maxsus planshetlar orqali ro‘yxatga olinmoqda.






