20/02/2026

Farg‘ona shahridagi “ Jo‘ydam ” mahalla fuqarolar yig‘inida ro‘yxatga olish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Mahalla yettilik vakillari hududda yashovchi, onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarning jarayonda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadida xonadonma-xonadon yurib, ro‘ycatga olish ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 1 903 ta uy xo‘jaligi mavjud bo‘lib, 2 910 ta oila istiqomat qiladi, aholi soni esa 9 125 nafarni tashkil etmoqda. Ta’kidlash joizki, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish shunchaki statistik ma’lumot yig‘ish emas. Bu — hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va kelgusidagi reja hamda dasturlarni aniq ma’lumotlar asosida ishlab chiqish uchun muhim poydevordir.

Shu bois, hurmatli mahalladoshlar, ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok eting. Xonadoningizga tashrif buyuradigan registratorlarga to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim etish orqali o‘z mahallangiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lasiz.