Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2026- yil 1- fevral holatiga Farg‘ona viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 306 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 29 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4277 tani tashkil qildi.
Hisobot davrida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 966,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 11,9 % ga o‘sdi.
Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 1 929,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2025- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,7 % ga to‘g‘ri keldi va viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 98,1% ni tashkil qildi.




