Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar oyida viloyatda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 45,1 mlrd so‘mni miqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 64,3 % ga o‘sgan.




