Xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarida hamjihatlik, ahillik hamda mehr-oqibatni mustahkamlash muhim o‘rin tutadi. Ana shunday ezgu qadriyatlardan biri – hashar an’anasi bo‘lib, u insonlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, yurtimizni yanada obod qilishga xizmat qiladi. Bejizga xalqimiz “Hashar – elga yarashar” deb aytmaydi.


Navro‘z bayramini munosib kutib olish maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ham ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat hududlarimizni yanada chiroyli qiladi, balki jamoada birdamlik va hamjihatlikni ham mustahkamlaydi.



Xayriya hashari davom etmoqda.



