Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida Rishton tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 114,3 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga oshgani qayd etildi.
Mutaxassislar fikricha, hududda xizmatlar sohasining rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatining kengayishi bozor xizmatlari hajmining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.




