Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida So‘x tumanida faoliyat yuritayotgan 76 ta qurilish tashkiloti tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 7,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 121,7 foizni tashkil etgan. Bu esa hududda qurilish sohasida ijobiy o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi.




