Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar holatiga Beshariq tumanida 181 ta sanoat korxonasi faoliyat olib borgan. Ushbu korxonalar tomonidan jami 118,6 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda, sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,8 % ni tashkil etib, tuman sanoatida o‘sish kuzatilganini ko‘rsatadi.




