Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Sanoat va energetika statistikasi bo‘lim boshlig‘i lavozimiga ishga taklif qiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Iqtisodiyot (tarmoqlararo) yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;
- Davlat tilini mukammal bilgan, rus va ingliz tillarini yuqori darajada egallagan hamda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan(kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi;
- Kompyuter savodxonligi bo‘yicha -Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;
- Halollik,mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish;
- Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
28-modda. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari
Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
- korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
- tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
Murojaat uchun: Tel.: 901633125




