17/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida Qo‘shtepa tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 108,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,6 % ga oshgani qayd etildi. Hududda xizmatlar sohasining rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatining kengayishi bozor xizmatlari hajmining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.