Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 13,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davri bilan solishtirilganda 27,1 % o‘sish qayd etilgan.
🇺🇿 Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 2,6 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati — 1,7 trln so‘m
Samarqand viloyati — 1,7 trln so‘m
Namangan viloyati — 1,4 trln so‘m
Farg‘ona viloyati — 1,3 trln so‘m
Toshkent viloyati — 987,8 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 860,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 715,1 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 692,7 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 683,7 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 556,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 478,6 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 384,1 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 243,3 mlrd so‘m




