24/03/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026 -yil 1-fevral holatiga Yozyovon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 334 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 29 tani tashkil etdi.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 112 ta

Sanoatda – 204 ta

Qurilishda – 98 ta

Savdoda – 500 ta

Tashish va saqlashda – 33 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 50 ta

Axborot va aloqa – 12 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 42 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 283 taga to‘g‘ri keldi.