Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda tirik tugʻilganlar soni 98,3 ming kishini, shundan oʻgʻil bolalar soni 50,7 ming kishini, qiz bolalar soni 47,6 ming kishini va shahar joylarida 50,6 ming kishini, qishloq joylarida 47,7 ming kishini tashkil etdi.
Viloyatda vafot etganlar soni 18,7 ming kishi, shundan erkaklar 10,2 ming kishi, ayollar 8,5 ming kishi va shahar joylarida 9,9 ming kishi, qishloq joylarida 8,8 ming kishi miqdorida qayd etilgan.




