Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatida savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 534,1 ming so‘mni tashkil etdi. Yo‘nalishlar kesimida qaralganda, avtomobil va mototsikllar savdosi hamda ularni ta’mirlash tarmog‘ida ish haqi nisbatan yuqori bo‘lib, 4 708,9 ming so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdoda o‘rtacha ish haqi 3849,0 ming so‘m darajasida qayd etilgan. Chakana savdo yo‘nalishida esa (avtomobil va mototsikllardan tashqari) xodimlarning o‘rtacha oylik daromadi 4 663,0 ming so‘mni tashkil etgan.




