13/05/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda xizmatlar eksporti hajmi 3,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, jami eksport hajmidagi ulushi 2,1 % ga teng bo‘ldi.

📈 Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,3 % ga oshgan.

🔹 Xizmatlar eksporti tarkibida asosiy ulush:

🚚 transport xizmatlari – 32,4 %

💻 kompyuter va axborot xizmatlari – 34,3 %

💳 moliyaviy xizmatlar – 9,5 %

✈️ safarlar (turizm) va telekommunikatsiya xizmatlari – 23,8 % ni tashkil etdi.

📌 Bu esa hududda xizmatlar sohasining eksport salohiyati tobora kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.