Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida viloyatda meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil xizmatlari hajmi 90,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 96,5 % ni tashkil etgan.
Mazkur sohada amalga oshirilayotgan xizmatlar qurilish, loyiha ishlari hamda texnik tadqiqotlar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.




