Hurmatli xodimlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-46-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yil 14-maydagi 42-son hamda boshqarmaning 2026-yil 19-may kungi 71-F-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, boshqarma tizimida 2026-yil may oyidan boshlab har oyning 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” aksiyalari o‘tkazib boriladi.
Mazkur aksiya doirasida xodimlardan xizmat va shaxsiy avtomobillaridan foydalanishni imkon qadar cheklash, ish joyiga piyoda, velosipedda yoki jamoat transportlarida kelishlari tavsiya etiladi.
Aksiyada faol ishtirok etish orqali atmosferani muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.




