25/05/2026



Atrof-muhitni muhofaza qilish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida 2026-yil may oyidan boshlab har oyning 25-sanasida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazib borish belgilangan.



Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirishga qaratilgan Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.


Aksiya davomida xodimlarga xizmat va shaxsiy avtomobillardan foydalanishni cheklash, ish joylariga piyoda, velosipedda yoki jamoat transportida kelish tavsiya etiladi. Bu esa havoga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.



“Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol ishtirok etish orqali har birimiz toza atmosfera, sog‘lom hayot va ekologik barqaror kelajakni ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shamiz. Zero, toza havo – inson salomatligi va farovon hayotning muhim omilidir.