25/05/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida 322,1 mlrd so‘m miqdorida asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi. Natijada viloyatda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmining 2,7 foizini tashkil etdi.

 Ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar yoshlarning sifatli bilim olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish va inson kapitalini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.