Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Farg‘ona viloyatining import hajmi 435,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,7 % ga oshdi.
Import tarkibida eng katta ulush:
mashinalar va transport asbob-uskunalari — 29,4 %,
mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar — 23,4 %,
sanoat tovarlari — 16,4 % ni tashkil etdi.
Tahlillarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71,2 mln AQSH dollariga ko‘payib, 435,3 mln AQSH dollariga yetgan.
Xizmatlar importi hajmi esa 0,1 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan texnika, uskunalar hamda xomashyo importi hajmi ortib borayotganini ko‘rsatadi.




