26/05/2026

Aziz yurtdoshlar!

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Sizlarni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Ushbu ulug‘ ayyom xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka, mehr-oqibat va qut-baraka olib kirsin. Hayit kunlari qalblarimizni mehr-muruvvat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ulari yanada boyitsin, oilalaringizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va farovonlik ato etsin.

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, dasturxonlarimiz to‘kin, xonadonlarimiz shodlik va quvonchlarga to‘la bo‘lsin!

 Yana bir  bor Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!