Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylari yakunida Quvasoy shahrining doimiy aholisi soni 105 208 kishiga yetdi. Aholi sonining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5 foizni tashkil etdi.
Jami aholining:
Erkaklar — 52 821 kishi
Ayollar — 52 387 kishi
Shahar aholisi — 58 865 kishi
Qishloq aholisi — 46 343 kishi
Hisobot davrida 500 nafar chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lsa, 125 ta o‘lim holati qayd etildi.
Nikohlar soni 60 ta, ajrimlar soni esa 43 tani tashkil etdi.
Migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, shaharga 124 kishi ko‘chib kelgan, 123 kishi esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.
Ushbu ma’lumotlar Quvasoy shahrida aholi sonining barqaror o‘sishi hamda migratsiya balansining deyarli muvozanatli ekanligini ko‘rsatadi.




