Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Yozyovon tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 164,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tarkibida eng katta ulush xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelib, jami investitsiyalarning 68,0 foizini tashkil etdi.
Aholi mablag‘lari — 24,2 %
Respublika budjeti mablag‘lari — 3,0 %
Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 2,5 %
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 2,3 %
Mazkur ko‘rsatkichlar tumanda investitsion faollikni oshirish hamda iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy sarmoyalar muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.




