01/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar- mart holatiga Qo‘qon shahrida yetishtirilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari hajmi 121,0 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda o‘sish sur’ati 102,3 % ni tashkil etdi.

Shundan:

Sabzavotlar – 249,6 tonna

Meva va rezavorlar – 6,4 tonna

Go‘sht tirik vaznda – 1,5 ming tonna

Sog‘ib olingan sut hajmi – 1,9 ming tonna

Olingan tuxum soni – 704,3 ming dona

Yirik shoxli qoramollar – 5,8 ming bosh

Qoy va echkilar – 8,5 ming bosh

Parrandalar –68,6 ming boshni tashkil etdi.