01/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Marg‘ilon shahrining doimiy aholisi soni 262 876 kishini tashkil etdi. Aholi sonining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,6 foiz bo‘ldi.

 Aholi tarkibida:

 Erkaklar — 132 598 kishi
 Ayollar — 130 278 kishi

 Marg‘ilon shahri aholisi to‘liq shahar hududida istiqomat qiladi

 Yilning dastlabki uch oyida 1 405 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
 299 ta o‘lim holati qayd etildi.

 Nikohlar soni — 170 ta
 Nikohdan ajralishlar soni — 135 ta

 Migratsiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, shaharga 251 kishi ko‘chib kelgan, 429 kishi esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.

 Ushbu ko‘rsatkichlar Marg‘ilon shahrida aholi sonining o‘sishi davom etayotganini hamda demografik jarayonlarda tabiiy o‘sish muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.