01/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Furqat tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 327,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Moliyalashtirish manbalari tarkibida asosiy ulush xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelib, jami investitsiyalarning 80,1 foizini tashkil etdi. Bu esa tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida tashqi sarmoyalar muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.

 Investitsiyalarning qolgan qismi quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 Aholi mablag‘lari — 15,7 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 3,1 %

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 2,3 %

 Respublika budjeti mablag‘lari — 0,2 %