02/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga, viloyatda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 632 tani tashkil etgan. Shundan 236 tasi qo‘shma korxonalar, 396 tasi esa xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Ularning faoliyati hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga va xalqaro biznes aloqalarining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.