E’LON! Bo‘sh ish o‘rni
Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i
Tashkilot: Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi bo‘limi
- Маqsadlar: Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligini kamida 98 foiz darajada ta’minlash. Ma’lumotlarni verifikatsiya qilish va sifat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish. Statistik hisobotlarda aniqlangan xatolar ulushini o‘tgan yilga nisbatan kamaytirish. Statistik kuzatuvlar va hisobotlarni o‘z vaqtida tashkil etish. Barcha rejalashtirilgan statistik kuzatuvlarni tasdiqlangan muddatlarda 100 foiz amalga oshirish.Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitga oid statistik hisobotlarni belgilangan muddatlarda yuqori tashkilotlarga taqdim etish.Ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash muddatlarini qisqartirish. Raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishStatistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonlarida elektron tizimlardan foydalanish ulushini oshirish. Ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish uchun zamonaviy dasturiy vositalarni joriy etish. Avtomatlashtirilgan ma’lumot almashinuvi jarayonlarini kengaytirish.
Vazifalari va majburiyatlari: lavozim yo‘riqnomasidagi talablarni va majburiyatlarini bajarish hamda odob-ahloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish.
Malaka talabi:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida
2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;
- tegishli sohada boshqaruv lavozimidagi ish tajribaga ega bo‘lish;
- Davlat tilini mukammal bilgan, rus va ingliz tillarini yuqori darajada egallagan hamda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan(kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi;
- Kompyuter savodxonligi bo‘yicha -Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;
- Halollik,mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish;
- Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
Sharoitlar:
- raqobatbardosh ish haqi va Jamoa shartnomasida keltirilgan ijtimoiy paket;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq bandlik;
- o‘z malakasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishga imkoniyat;
- ishda AKT vositalari bilan to‘liq ta’minlanganlik.
Nomzodlarning rezyumesi quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi mumkin:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Murojaat uchun tel: 90-163-31-25




