Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Buvayda tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 723,4 mlrd so‘mga yetdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 114,5 foizni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasida kuzatilayotgan ijobiy natijalar hududda iqtisodiy faollikning ortib borayotganini, tadbirkorlik subyektlari faoliyati kengayayotganini hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va turlarining ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda.




