08/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2 745,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, ularning jami qurilish hajmidagi ulushi 47,9 foizni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 foizga oshdi.

 Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 119,7 mlrd so‘mga yetib, jami hajmning 19,1 foizini tashkil etdi. Ushbu toifadagi korxonalar faoliyatida 2025-yilning mos davriga nisbatan 35,0 foizlik o‘sish qayd etildi.


 Norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 862,5 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmdagi ulushi 32,5 foizga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,0 foizga yuqori bo‘ldi.