Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Rishton tumanida bozor xizmatlari hajmi 485,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,1 foizga yuqori bo‘lib, xizmatlar sohasida barqaror rivojlanish kuzatilayotganidan dalolat beradi.
Hududda savdo, transport, aloqa, moliyaviy va boshqa xizmat turlarining kengayishi iqtisodiy faollikni rag‘batlantirmoqda. Xizmatlar bozorining rivojlanishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga hamda tadbirkorlik faoliyatining yanada faollashishiga xizmat qilmoqda.




