08/06/2026

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yosh avlodga sifatli bilim berish, ularni har tomonlama rivojlantirish va kelajak kasblariga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatda faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 1 119 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 39 taga yoki 3,6 foizga ko‘payganini anglatadi.

 Shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari tarmog‘i ham kengayib bormoqda. 2025/2026 o‘quv yili boshida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 121 taga yetdi.

 Mazkur ko‘rsatkich 2024/2025 o‘quv yiliga nisbatan 25 taga yoki 3,1 foizga oshgan bo‘lib, ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokining ortib borayotganidan dalolat beradi.