E’LON! Bo‘sh ish o‘rni
Lavozim: Bo‘lim boshlig‘i
Tashkilot: Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Oltiariq tumani statistika bo‘limi
Маqsadlar:Statistik ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan tushuntirish va metodik yordam ishlarini muntazam tashkil etish. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va axborotlarni tayyorlash hamda manfaatdor tashkilotlarga o‘z vaqtida taqdim etish. Raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, elektron hisobot topshirish ulushini 100 foizga yetkazish choralarini ko‘rish.
Statistik kuzatuvlar va tanlanma so‘rovlarni amaldagi metodologiya asosida sifatli tashkil etish hamda natijalarini umumlashtirish. Murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning statistik ma’lumotlarga oid so‘rovlariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob berilishini ta’minlash. Xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, o‘quv-seminarlar va malaka oshirish tadbirlarida ishtirokini ta’minlash. Korrupsiyaga qarshi kurashish va xizmat intizomiga rioya etish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni muntazam amalga oshirish. Ochiq statistika ma’lumotlarini keng jamoatchilikka yetkazish va statistik axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash. Tuman statistika bo‘limi faoliyati samaradorligini oshirish hamda yuqori turuvchi organlar topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.
Vazifalari va majburiyatlari: lavozim yo‘riqnomasidagi talablarni va majburiyatlarini bajarish hamda odob-ahloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish.
Malaka talabi:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida
2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;
- tegishli sohada boshqaruv lavozimidagi ish tajribaga ega bo‘lish;
- Davlat tilini mukammal bilgan, rus va ingliz tillarini yuqori darajada egallagan hamda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan(kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi;
- Kompyuter savodxonligi bo‘yicha -Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;
- Halollik,mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish;
- Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
Sharoitlar:
- raqobatbardosh ish haqi va Jamoa shartnomasida keltirilgan ijtimoiy paket;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq bandlik;
- o‘z malakasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishga imkoniyat;
- ishda AKT vositalari bilan to‘liq ta’minlanganlik.
Nomzodlarning rezyumesi quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi mumkin:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Murojaat uchun tel: 90-163-31-25




