08/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona viloyati tomonidan xorijiy mamlakatlarga 3,1 ming tonna quritilgan olxo‘ri eksport qilinib, eksport qiymati 7,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga ko‘paygan bo‘lib, viloyatda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va eksport salohiyati tobora yuksalib borayotganini ko‘rsatadi.

 Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida eksport qilingan quritilgan olxo‘ri hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb ikki baravar oshgan. Bu esa viloyatning eksport tarkibida qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushi ortib borayotganidan dalolat beradi.