Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra Quva tumanining doimiy aholisi 286 350 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Tumanning demografik tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli teng:
Erkaklar – 145 165 nafar
Ayollar – 141 185 nafar
Aholining 132 201 nafari shahar hududlarida, 154 149 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.
Joriy yilning dastlabki uch oyida tumanda 1 339 ta tug‘ilish qayd etildi. Shu davrda 300 ta o‘lim holati ro‘yxatga olingan bo‘lib, tabiiy o‘sish ijobiy ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.
Yanvar–mart oylarida 234 ta nikoh tuzilgan bo‘lsa, 66 ta nikoh bekor qilingan.
Migratsiya jarayonlarida 129 nafar fuqaro tumanga ko‘chib kelgan, 204 nafari esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.




