08/06/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Uchko‘prik tumanida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 1129,5 mlrd so‘mga yetdi.

 Investitsiya jarayonlarida xorijiy kapital muhim o‘rin egallab, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan mablag‘lar jami investitsiyalarning 94,0 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich tumanning investitsion jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

 Shuningdek, investitsiyalarni moliyalashtirishda boshqa manbalar ham faol ishtirok etdi:
 
 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 2,3 %

 Aholi mablag‘lari — 1,8 %

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 1,8 %

 Respublika budjeti mablag‘lari — 0,1 %