Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra Uchko‘prik tumanining doimiy aholisi 253 288 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Tumanning demografik tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli teng:
Erkaklar – 126 268 nafar
Ayollar – 127 020 nafar
Aholining 49 030 nafari shahar hududlarida, 204 258 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.
Joriy yilning dastlabki uch oyida tumanda 1 475 ta tug‘ilish qayd etildi. Shu davrda 242 ta o‘lim holati ro‘yxatga olingan bo‘lib, tabiiy o‘sish ijobiy ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.
Yanvar–mart oylarida 216 ta nikoh tuzilgan bo‘lsa, 76 ta nikoh bekor qilingan.
Migratsiya jarayonlarida 171 nafar fuqaro tumanga ko‘chib kelgan, 254 nafari esa boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.




