Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 421,4 mlrd so‘mga yetdi.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,0 foizga oshgan bo‘lib, tumanda xizmatlar sektorining jadal rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Savdo, transport, axborot-kommunikatsiya, moliyaviy va boshqa xizmat turlarida kuzatilayotgan o‘sish hudud iqtisodiyotining faollashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xizmatlar hajmining ortishi aholi uchun qulayliklar ko‘lamini kengaytirish, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa O‘zbekiston tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlari izchil davom etayotganidan dalolat beradi.




