Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Farg‘ona tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 524,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan xizmatlar hajmi 16,5 foizga oshib, tumanda iqtisodiy faollikning ortib borayotganidan dalolat bermoqda. Xizmatlar sohasining kengayishi aholi ehtiyojlarini qondirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xizmatlar sektoridagi yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona tumanida biznes muhiti yaxshilanib borayotgani hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lami kengayayotganini namoyon etadi.
Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning eng faol tarmoqlaridan biri sifatida Farg‘ona tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallamoqda.




