10/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Buvayda tumanida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 561,1 milliard so‘mga yetdi.

 Investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning ulushi 88,8 foizni tashkil etgani Buvayda tumanining xalqaro investorlar e’tiborini tortayotgan hududlardan biriga aylanib borayotganini ko‘rsatmoqda.

 Investitsiyalarning qolgan qismi esa ichki manbalar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lib, bu mahalliy iqtisodiyotning ham faollashayotganidan darak beradi:

 Aholi mablag‘lari — 4,4 foiz

 Respublika budjeti mablag‘lari — 3,1 foiz

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 2,4 foiz

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 1,3 foiz

 Buvayda tumanida investitsion faollikning ortishi sanoat, xizmatlar va tadbirkorlik sohalarining rivojlanishiga kuchli turtki bermoqda.