10/06/2026

2025-yilda Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 48,7 ming nafar IX-sinf va 47,0 ming nafar XI-sinf o‘quvchilari tamomladi.

O‘tgan yilga nisbatan XI-sinf bitiruvchilari soni 3,4 ming nafarga yoki 7,2 foizga oshgan bo‘lsa, IX-sinf bitiruvchilari soni 0,1 ming nafarga yoki 0,3 foizga kamaydi.

IX-sinf bitiruvchilari sonining XI-sinf bitiruvchilaridan yuqori bo‘lishi ayrim o‘quvchilarning 9-sinfni tamomlagach akademik litsey, texnikum va boshqa professional ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi bilan izohlanadi.

Hududlar kesimida IX-sinf bitiruvchilarining eng yuqori soni Farg‘ona shahrida (5,2 ming nafar) va Rishton tumanida (3,4 ming nafar) qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa Quvasoy shahrida (1,1 ming nafar) hamda Yozyovon tumanida (1,2 ming nafar) kuzatilgan.

XI-sinf bitiruvchilari soni bo‘yicha Farg‘ona shahri (4,7 ming nafar) va Buvayda tumani (3,6 ming nafar) yetakchilik qilgan. Eng kam ko‘rsatkichlar esa So‘x (1,2 ming nafar) va Furqat tumanlarida (0,8 ming nafar) qayd etilgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda ta’lim tizimi qamrovi yuqori ekanini hamda yoshlarning ta’limning keyingi bosqichlariga faol yo‘naltirilayotganini ko‘rsatadi.