10/06/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida tumanga 362,9 milliard so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi.

 E’tiborlisi, investitsiyalarning 82,3 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelib, Bag‘dod tumanining xalqaro investorlar uchun jozibador hududga aylanayotganini ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari:

 Aholi mablag‘lari — 8,2 foiz

 Respublika budjeti mablag‘lari — 5,9 foiz

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 2,5 foiz

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 1,1 foiz